Senat O‘zbekistonda mikromoliya banki instituti joriy etish ko‘zda tutilgan qonunni ma’qulladi. Qonun bilan mikromoliya tashkilotlarini mikromoliya banklariga, mikromoliya banklarini esa tijorat banklariga aylanishiga asos yaratilmoqda.
2024-yil 1-yanvardan mikroqarzning eng yuqori miqdori 50 mln so‘mdan 100 mln so‘mgacha oshiriladi. Shuningdek, mikromoliya tashkilotlari tomonidan islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlar ko‘rsatishning normativ-huquqiy bazasi ishlab chiqiladi.
O‘zbekistonda mikroqarzlarning maksimal summasini 100 mln so‘mgacha oshirish taklif qilinmoqda. MB buni talab ortayotgani va qarz oluvchilarning o‘zini o‘zi band qilish imkoniyati kengayayotgani bilan izohladi. Qonun loyihasi hukumatning yopiq qarori bilan tayyorlangan. Mutaxassis tashabbusning risklarini sanadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting